У нас есть только
оригинальные песни

PayPal O'zbekistonda ishlay boshlashi mumkin

calendar 06.06.2018
1003

PayPal O'zbekiston bilan hamkorlik qilishni istamoqda. Bu haqda UzCard rahbari Ahror Mahmudovga asoslangan holda Spot.uz nashri ma`lum qilgan. 

Qiwi, «Yandeks.Dengi» va Webmoney UzCard bilan kelishuvlarni imzolagan. PayPal, Qiwi, «Yandeks.Dengi», Webmoney’dagi onlayn-karmonlarni naqd pul bilan, terminallar va infokiosklar orqali, shuningdek, UzCard kartasini ulab qo'yish orqali onlayn-rejimda ham to'ldirish mumkin bo'ladi. 

Bunda naqd so'mni bankomatga tiqib, kartochkaga yoki darhol PayPal yoki Webmoney’dagi hisobga tushirib, AliExpress, Amazon yoki boshqa bir xorijiy onlayn-do'kondan istalgan narsani sotib olish mumkin bo'ladi.

O'zbekiston Markaziy Osiyodagi PayPal tizimiga qo'shilmagan yagona mamlakat bo'lib qolmoqda. Mamlakatda tizimdan foydalanish prezidentning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori bilan nazarda tutilgan.

Яндекс.Метрика