У нас есть только
оригинальные песни

Pedro 30 million evro evaziga «Manchester Yunayted»ga o'tadi

calendar 26.07.2015
1323

"Barselona” klubi hujumchisi Pedro UYeFA Superkubogi o'yinidan keyin "Manchester Yunayted” klubiga o'tadi. Bu haqida Ispaniyaning "El Pais” nashri xabar qilmoqda. 27 yoshli futbolchining transfer narxi 30 million evroni tashkil qilishi kutilyapti. UYeFA Superkubogi uchun o'yin 11 avgust kuni "Barselona” va "Sevilya” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Pedro "Barselona” tarkibida 2007 yildan beri to'p suradi. U 5 karra Ispaniya chempioni, 3 karra Chempionlar ligasi musobaqasi g'olibi bo'lgan. 2014/15 yilgi mavsumda u 50ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol kiritgan.
Яндекс.Метрика