У нас есть только
оригинальные песни

Pekindagi g'alabaning 70 yilligiga bag'ishlangan parad o'z nihoyasiga etdi

calendar 03.09.2015
1727

Toshkent vaqti bilan 09:00da Xitoy poytaxti Pekin shahridagi Tyananmen maydonida boshlangan Ikkinchi jahon urushi tugallangani hamda Xitoy xalqining yapon imperializmi zulmidan xalos bo'lganining 70 yilligiga bag'ishlangan marosim o'z nihoyasiga etdi.

Pekindagi g'alaba paradida xalqaro tashkilotlar rahbarlari, dunyoning 49 mamlakati rasmiy vakillari, jumladan, 30 nafar davlat prezidenti va hukumat vakillari rasmiy mehmon sifatida ishtirok etdi. XXR raisi Si Szinpin bilan bir qatorda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe xonim va boshqa mamlakatlar etakchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham fahriy mehmonlar tribunasidan o'rin egalladi.
Xitoy tarixidagi eng yirik paradda Xitoy harbiy kuchlarining 50 esheloni: 12 ming nafar atrofida askar va ofitserlar, 40 ko'rinishdagi 500 dona harbiy texnika ishtirok etdi. Harbiy paradda qatnashgan texnikalarning 84 foizi ilk bor namoyish etildi. Shuningdek, 20 turdagi 200 dona samolyot va vertolyotlar parvozi ham namoyish etildi.
Marosimda Rossiya, Belarus, Misr, Qozog'iston, Qirg'iziston, Kuba, Mo'g'uliston, Pokiston, Serbiya, Tojikiston Afg'oniston, Vanuatu, Venesuela, Kamboja, Laos va Fiji piyoda qismlari ham ishtirok etdi.

Яндекс.Метрика