У нас есть только
оригинальные песни

Peleni qo'riqlagan andijonlik otaxon

calendar 08.06.2016
2418

Andijonlik mehnat fahriysi Turdiali To'ychiev hikoya qiladi:

- Bu voqea sirayam esimdan chiqmaydi, har safar futbol qiroli Pele haqidagi maqolalarni o'qisam, o'sha uzoq o'tmishim, navqiron yoshligim qaytadan yangilangandek bo'ladi. O'shanda harbiy xizmatda edim. Aniq eslayman, 1965 yil 15 may, shanba kuni edi. Kechki payt rotamiz komandiri naryaddan bo'shagan ellik nafarga yaqin askarni safga tizib, shaharga, futbol maydonini qo'riqlashga borishimizni aytdi.

Azov dengizi yaqinida bo'lgan, hamisha yashillikka burkangan Melitopol shahrining madaniyat va istirohat bog'idagi futbol maydoniga saf tortib kirib bordik. Bizni tomoshabinlardan ikki metr oldinga o'rnatilgan o'rindiqlarga jips qilib o'tqazishdi. Jonli devor hosil qildik. Shu payt radiokarnaydan Braziliyaning San-Paulu shahrining «Santos» futbol jamoasi bilan urush yillari Kievning «Dinamo» jamoasida to'p surgan faxriy futbolchilarning o'rtoqlik uchrashuvi e'lon qilindi.


Bu o'yindan maqsad - braziliyaliklarning va umuman Pelening futboldagi mahoratini namoyish qilishdan iborat ekan. Faxriylar esa shunchaki raqib sifatida, maydonga tushganlar. O'sha o'yinda Pele 6 marta raqib darvozasiga to'p urdi. So'nggida faxriylarning hurmati uchun 11 metrli jarima to'pi belgilanib, eng keksa faxriy to'pni to'rga tushirdi. Shu erda qiziq voqea sodir bo'ldi - «Santos» darvozaboni o'ng tomondan kelayotgan to'pga tashlanmay, chap tomoniga xiyol egilib qo'ydi. Maydon uzra qarsaklar, hayqiriqlar yangrab futbolchilarni olqishladilar. O'yin so'ngida Pele oldingi qatordagilarning ba'zilariga qo'l berib, ba'zilariga minnatdorchilik bilan qo'l siltab butun maydonni aylanib chiqdi, tomoshabinlar esa unga gullar irg'itishardi.Maydonga futbolchilar chiqishganda hamma o'rnidan turib, gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi. Faxriylarning oldi ellikdan o'tgan, sochlariga oq oralagan kishilar edi. «Santos» jamoasi dunyo futbolining peshqadami, o'yinchilari esa nihoyatda kuch-g'ayratga to'lgan yigitlar bo'lib, ular orasida bo'y-basti kelishgan, unchalik qora tanli ham emas Pele hammaning nigohini o'ziga jalb qilardi.


U 1977 yilda futbol bilan xayrlashgach, ishqibozlar orasida turli gap-so'zlar oralagan - futbol qiroli bilan Kruif yoki Maradona tenglasha olganmi, deyishardi. Aslida, Maradona ikkinchi Pele hisoblanadi. Futbol cho'qqisini egallagan Pele jahon chempionatining uch karra oltin medaliga sazovor bo'lgan. U yigirma yildan ortiqroq futbolchilik faoliyatida raqib darvozasiga 1250O'sha yillardan so'ng Pele qatnashgan futbol o'yinlarini imkoni boricha televizorda ko'rishga, radioda eshitishga qiziqib qolgandim. Shuningdek, futbol qirolining hayotini ham o'rganib borishga harakat qildim. Matbuotda Pele to'g'risidagi materiallarni to'plash odatimga aylandi.

ta gol urgan. Shunday bo'lsa-da, vatandoshi, 1935 yilda faoliyatini to'xtatgan Artur Fredenrayga eta olmagan. U 26 yillik faoliyatida 1329 marta raqib darvozasiga to'p kiritgandi.

Pele faqat futbolchi emas, adabiyot va san'atda ham nihoyatda iste'dodli bo'lib, qalbida ijodiy ishlarga jo'shqinlik kuchli edi. Pele uchta kitob yozib, Braziliya maorif va madaniyat vazirligining oltin medaliga sazovor bo'lgan. Yoshlik chog'laridanoq she'rlar yozib, o'zi kuy bastalagan va ijro etgan. Jumladan, mashhur qo'shiqchi Elis Rejina bilan duetlar ijro etgan. Unda artistlik mahorati ham kuchli bo'lib, eng mashhur prodyuserlarning filmlarida qatnashgan.
Savdo korxonalari reklama va e'lonlarida Pelening nomini ko'p qo'llashadi, bu o'sha korxonalarga katta daromad keltirish bilan futbol qiroliga ham foyda olib kelmoqda. Braziliyada Pelening hurmati shunday balandki, futbolchilar «10» raqamli maykani kiyishga ham botina olmaydilar, chunki bu Pelening raqami-da.1969 yilda San-Pauluning «Ekselsior» televideniesida namoyish etilgan «O'zgalar» teleserialida professor Pompeu rolini mahorat bilan o'ynagan. Amerikalik mashhur kinorejissyor Jon Xyustonning filmlarida suratga tushgan. Pelening nomi mashhur kinoaktyorlar Maykl Keyn, Silvestr Stallone, Maks fon Zyudovlar qatorida turadi. Uning ijod qirralari haqida ko'p varaqlarni to'ldirish mumkin. Keyingi paytlarda Pele futbol sharhlovchisi sifatida ham faoliyat ko'rsatgan. U futbol klublari tashkil qilib, yangidan-yangi sportchilarni tarbiyalamoqda. Pelening o'g'li Edson Sholbi du Nasimento otasi izidan borib «Santos» jamoasida to'p surgan.

Turdiali TO'YChIЕV,

mehnat faxriysi,

Яндекс.Метрика