У нас есть только
оригинальные песни

Pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal ish staji miqdorini oshirish taklif etildi

calendar 08.01.2016
1834

7 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar kiritish haqidagi masalani ko'rib chiqishdi va ushbu qonun loyihasini bir ovozdan qabulqilishdi.

“Adolat” Sotsial demokratik partiyasi matbuot xizmatida aniqlik kiritilishicha, bugungi kunda yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga (erkaklar 25 yil, ayollar 20 yil) ega bo'lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar tayinlash tartibi “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi qonunning 8-moddasi bilan tartibga solinib, unga asosan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyalar ushbu qonun 37-moddasi birinchi qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo'lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasiga muvofiq ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi umumiy asoslarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi minimal talab qilingan ish stajini ushbu sohada xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish asosida 7 yilga oshirish nazarda tutilmoqda.

Яндекс.Метрика