У нас есть только
оригинальные песни

Pensiya uchun staj hisoblash tartibi o'zgardi

calendar 11.07.2017
3678

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Fuqarolarni pensiya bilan ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida ayrim qarorlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.

Quyidagilarga o'zgartirishlar kiritilmoqda: 

•  Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasi to'g'risidagi Nizomga;
•  Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga;
•  Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga O'zbekiston Respublikasining xorijda ishlovchi, hamda ish vaqti hisobga olinmaydigan shaxslarning alohida turkumlari tomonidan sug'urta to'lovlarini to'lash tartibiga to'g'risidagi Nizomga.

Bundan tashqari, qo'shimchalarga ko'ra, pensiya olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash shartli ravishda ikki toifaga bo'linadi:

Birinchi toifa:

– faoliyat turi, egalik shaklidan qat`iy nazar, ishchi davlat ijtimoiy sug'urtasiga ega bo'lgan ish, sug'urta pullari Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari pensiya jamg'armasiga to'langanda;

– harbiy xizmat (jumladan SChRdagi harbiy xizmat) va partizan otryadlari hamda birlashmalarida bo'lish, davlat xavfsizligi idoralari va mudofaa bo'limlaridagi xizmat;

–  harbiylashtirilgan qo'riqlash, maxsus aloqa idoralari va tog'-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

– individual mehnat faoliyati yoki yirik shoxli qoramolni yetishtirish va shaxsiy hamda dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarilgan chorva mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan bog'liq faoliyat, sug'urta pullari Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari pensiya jamg'armasiga to'langan holatda.

Ikkinchi toifa:

– I guruh nogiron yoki 16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolani, 80 yoshga yetgan va doimiy parvarishga muhtoj keksa insonni, keksa inson parvarishga muhtoj bo'lgan davrda parvarish qilish vaqti;

– oliy o'quv yurtlarida (jumladan harbiy bilim yurtlarida, agarda ulardagi ta`lim harbiy xizmatga tenglashtirilgan bo'lsa), aspiranturada (amaliyotchi-tadqiqotchi-izlanuvchi institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida) va klinik ordinaturada, shuningdek, xorijda ta`lim olish;

– 3 yoshgacha bo'lgan bola parvarishi uchun ta`tilda bo'lish, biroq umumiy 3 yildan ortiq emas;

– zobitlar, praporshchiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilar rafiqalari mehnat bilan ta`minlanish imkoniyati mavjud bo'lmagan hududlarda bo'lgan davr, biroq 10 yildan ko'p emas;

– diplomatik idoralar va konsullik idoralari xodimlari, TIV tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar kvotali lavozimlariga yuborilgan ishchilar turmush o'rtoqlari chet elda bo'lgan davr, biroq 10 yildan ko'p emas.

Endilikda bir toifaning turli davrlari staji hisoblanayotgan fuqaroga to'g'ri kelsa, uning xohishi bilan 2 toifadan biri tanlanishi mumkin. 

Agarda ikki turli toifa davrlari to'g'ri kelgan taqdirda, ish staji 1-toifa bo'yicha hisoblanadi. Shu tariqa, bu yerda imtiyoz fuqarolarning aslidagi jismoniy mehnatiga beriladi.

Яндекс.Метрика