У нас есть только
оригинальные песни

Pentagon AQSh aviazarbalari oqibatida Iroq va Suriyada 20 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tan oldi

calendar 24.04.2016
725

AQSh mudofaa vazirligi Iroq va Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berish chog‘ida 20 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlanganini tan oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi xabarida gap 2015-yil 10-sentabridan 2016-yil 2-fevraligacha bo‘lgan muddat oralig‘ida tinch aholi o‘rtasidagi qurbonlar haqida ketayotganligi bildirilgan.

Mazkur noxush holatlar Amerika aviatsiyasining to‘qqizta hujumi davomida sodir bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика