У нас есть только
оригинальные песни

Pentagon Iroqda amerikalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi

calendar 03.05.2016
808

Amerikalik harbiy xizmatchi Iroq shimolidagi Arbil shahri yaqinida halok bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Albatta, u jangda halok bo‘ldi. Bu og‘ir yo‘qotish”, — deb Karterning so‘zlaridan keltiradi Reuters.

Agence France-Presse agentligi AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari askari 3-may, seshanba kuni qurbon bo‘lgani haqida xabar tarqatdi. Hodisaning tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

Яндекс.Метрика