У нас есть только
оригинальные песни

Pentagon rahbari e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

calendar 19.12.2015
1295

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. U mamlakatdagi Amerika kuchlari qo‘mondonligi va afg‘on rasmiylari bilan uchrashadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keyingi olti oy ichida yomonlashgan, afg‘on armiyasining “Tolibon” harakati bilan janglardagi yo‘qotishlari esa yakunlanayotgan yilda salkam uchdan bir qismga ko‘paygan.

Mamlakatda “Tolibon”dan tashqari keyingi yillarda birmuncha zaiflashgan, biroq yo‘q qilinmagan “Al-Qoida” tomonidan xavf ham saqlanib qolmoqda. Afg‘onistonda (asosan Nangarxar viloyatida) IShID jangarilarining paydo bo‘lishi vaziyatni battar chigallashtirgan. Pentagon vakillarining ta’kidlashicha, ushbu holat nafaqat jahon hamjamiyati va Afg‘oniston hukumatini, balki “Tolibon” harakatini ham xavotirga solmoqda.

Яндекс.Метрика