У нас есть только
оригинальные песни

Pepsi semizlikka qarshi kurash uchun o'z ichimliklarida shakar miqdorini kamaytiradi

calendar 17.10.2016
1535

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi PepsiCo kompaniyasi o'z mahsulotlarida shakar miqdorini kamaytirishi haqida ma`lum qildi. Ma`lum qilinishicha, 2025 yilga kelib ichimlikning uchdan ikki qismida 0,36 litrga qo'shilgan shakarning hajmi 100 kaloriyadan oshmaydi.

Hozirda aynan shu talab ostida kompaniyaning 40 foiz ichimligi sotilmoqda.

PepsiCo va Coca-Cola diabet va semizlik kasalliklarining o'sishiga qisman sababchi ekanligi uchun ular doim shifokorlar va hukumat tomonidan bosim ostida bo'lib kelgan. 

0,33 litr hamjmli Coca-Cola bankasida 35 gramm shakar (135ga yaqin kaloriya). 1983 yilda parhezli Coca-Cola sotuvga chiqdi, 2005 yildan boshlab 27ga yaqin ichimliklar retseptini o'zgartirdi.

Butunjahon sog'liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko'ra, agarda eng kamida 20 foizli soliq joriy qilinsa, gazli ichimliklarning savdosi kamayadi. 

"Shakarlarni, jumladan tarkibida qand miqdori bo'lgan ichimliklar - semizlik va diabetdan aziyat chekuvchi insonlarning ko'payishiga olib keladigan asosiy omil", - deyilgan Bi-Bi-Si xabarida.

"Shakar" uchun soliqlar Frantsiya, Meksika va JARda mavjud. Bu kabi soliqni Portugaliya va Britaniyada ham joriy qilish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика