У нас есть только
оригинальные песни

Peskov Putinning “Gazprom”dagi qarindoshi haqida gapirib berdi

calendar 23.03.2018
972

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarining qarindoshi “Gazprom” boshqaruvi tarkibiga kirishi mumkinligi haqidagi axborotga izoh berdi, deb yozadi “Vesti.ru”.

“Bilishimcha, u haqiqatan ham prezidentning uzoq qarindoshi. Ularning qandaydir aloqasidan xabarim bor. Ya’ni aslida ular muloqot qilmaydi, ammo qandaydir qarindoshlik aloqasi haqiqatan ham bor”, — dedi Kreml vakili.

Avvalroq qator OAVlarda energetika korporatsiyasi direktorlar kengashi kompaniya boshqaruvi tarkibiga Mixail Putinni kiritish masalasini ko‘rib chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. U moddiy-texnik ta’minot sohasi bilan shug‘ullanishi taxmin etilmoqda.

Яндекс.Метрика