У нас есть только
оригинальные песни

Peskov Putinning hammomi yonib ketgach, undan faqat poydevor qolganini aytib berdi

calendar 17.04.2015
2408


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hammomidagi yong‘in tafsilotlari haqida gapirib berdi, deb yozadi "Gazeta.ru”.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida prezident Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shrederni qabul qilgan kuni hammomi yonib ketganini gapirib bergan edi.

"Hammom Podmoskovyeda edi. Yog‘ochdan qilingan edi. Juda tez yonib ketdi. O‘t o‘chiruvchilar kelib yong‘inni o‘chirdi, biroq bu paytda faqat kuyuklar qolgan edi. Hammom haligacha qayta tiklanmadi. Undan poydevor qolgan xolos”, — dedi prezident matbuot kotibi.


Яндекс.Метрика