У нас есть только
оригинальные песни

Piyodalarga telefon va planshetlardan foydalanish taqiqlandi

calendar 12.01.2016
1332

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martdan boshlab bir qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.

Yangi qoidalarga binoan, endilikda piyodalarning yo'llarda va yo'l orqali maxsus belgilangan joylarga o'tishda diqqatni chalg'itadigan vositalar, jumladan, telefon, planshetlardan foydalanish, video ko'rish, gazeta, jurnal va kitoblar o'qishi taqiqlanadi.

Avvalroq esa yangi qoidalarga ko'ra, haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksatsiya» axborot-ishora belgisi joriy etilgani, turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko'p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta'minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo'yilgani hamda har bir transport vositasida nur qaytaruvchi maxsus nimchalar ham bo'lishi shartligi haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика