У нас есть только
оригинальные песни

Plastik karta bankomatda tiqilib qolsa nima qilish kerak?

calendar 27.10.2017
1488

Mijozning bank kartalari kamdan-kam hollardagina bankomatga tiqilib qoladi. Tiqilib qolishiga asosiy sabalar: qurilma xatoligi yoki firibgarlik holati. “Xitrosti jizni” nashri bu kabi holatlarda nima qilish kerakligi borasida maslahat berdi.

Nima qilish kerak?

Vahima qilishga shoshilmang: besh daqiqa kuting. Agarda bankomat kartangizni qaytarmasa harakatni boshlang. Avvaliga mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining raqamlarini toping. Ushbu ma’lumotlar bankomatda mavjud. Raqamga qo‘ng‘iroq qiling, sizga malakali mutaxassislar maslahat berishadi.

Keng tarqalgan ikkita algoritm mavjud:

  • Operator kartani qachon va qayerdan olib ketish mumkinligini aytadi: uni bankomatdan shunchaki bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi inkassatorlar olib ketadi;
  • Kartani qaytarmasdan, shunchaki yo‘q qilib yuborishadi — xavfsizlik uchun, siz uni qayta tiklaysiz.

Asosiy maslahat: bankomat kartangizni yutib yuborishi bilan o‘z bankingizga qo‘ng‘iroq qilib, uni bloklating. Nima sababdan ekanligini aniq ayting “bankomat qaytarib bermaganligi sababli, xavfsizlik nuqtai nazaridan”, deb.

Shuningdek, bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa bilan ham bog‘lanishni unutmang. Ular sizga yopilgan kartani qanday qilib qaytarib olish mumkinligi borasida tushuncha berishadi.

Яндекс.Метрика