Po'lat Bobojonov Samarqandda. Kattaqo'rg'ondagi voqea yuzasidan yana 7 xodim ishdan bo'shatildi

Kattaqo'rg'ondagi holat yuzasidan bir qator xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatildi. IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida Kattaqo'rg'ondagi voqea bo'yicha vazirlik tomonidan o'tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari ma`lum qilindi.

Bugungi kunda tekshiruv yakunlangan bo'lib, natijasiga ko'ra, xizmat vazifalarini ijro etishda qo'pol kamchiliklarga yo'l qo'yib, xodimlarning xizmat olib borish faoliyatini tegishli tartibda nazorat qilmagan hamda shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar olib borilishini yetarli darajada tashkil etmaganliklari uchun Kattaqo'rg'on shahar IIB boshlig'i Ilyos Abduqahhorov, uning birinchi o'rinbosari Izzatillo Xo'jamqulov hamda kadrlar bo'yicha o'rinbosari Zafar Sheraliyev, shahar IIB JQB boshlig'i Alisher Shukurov Ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatildi. Viloyat IIB va shahar IIBning bir qator rahbar xodimlariga nisbatan boshqa intizomiy jazo choralari qo'llanildi.

Bundan tashqari, yuqoridagi voqea sodir etilishi bilan bog'liq holatlarda xizmat vazifalarini bajarmagan Kattaqo'rg'on shahar IIB katta inspektor navbatchisi Nasim Aliyev va navbatchi yordamchisi Jahongir Shodiyev egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, ushbu IIB profilaktika inspektori Shamshod To'xtayev esa ichki ishlar organlari safidan bo'shatildi.

Yuqoridagi videolavhani tasvirga olgan va unda aks etgan holatlarni keltirib chiqargan San`at Umarov ichki ishlar organlari safidan bo'shatilishi bilan birga, unga nisbatan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoqqa olingan. Jinoyat ishi bo'yicha hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kelgusida bu kabi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida o'tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi barcha darajadagi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi orasida keng muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, bunday holatlarga qat`iyan yo'l qo'ymaslik hamda ichki ishlar organlarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlash borasidagi faoliyatning ahvolini har tomonlama o'rganish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlar ko'rish maqsadida Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining qo'shma farmoyishi bilan ishchi guruh tuzildi.

Bugungi kunda Ichki ishlar vaziri general-mayor Po'lat Bobojonov rahbarligidagi ushbu ishchi guruh Samarqand viloyati ichki ishlar organlari faoliyatini o'rganmoqda. Mazkur o'rganishlar respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich o'tkazilishi belgilangan.


Комментарии (0) | Добавить: 15.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat
Xitoylik kishi nabirasi tufayli kuniga 20 soat «Pokemon Go» o‘ynamoqda
Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi
Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi
Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma`lum qilindi
Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?
Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
O'zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko'paytirdi
Oliy ta`lim to'g'risidagi yangi nizomning tasdiqlanishi kutilyapti
Tramp Kane Uestni maqtadi
Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi
«Barselona» yangi sardorni tayinladi
«O'zbektelekom» rahbariyatidagi o'zgarishlar sababi ma`lum bo'ldi