Po‘lat Bobojonov: 11 mingdan ortiq jinoyatning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etildi

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov joriy yil davomida olib borilgan kompleks ishlar o‘z natijasini berganini ta’kidladi, deb yozadi O‘zA.

Sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 ming 33 taga yoki 40,7 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 7 ming 599 taga yoki 40,7 foizga kamayishga erishilgan.

Shu jumladan, qotillik 57 taga yoki 23,5 foizga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 89 taga yoki 19,1 foizga, nomusga tegish 76 taga yoki 76 foizga, o‘g‘rilik 2 786 taga yoki 47,5 foizga, talonchilik 223 taga yoki 60,1 foizga, bosqinchilik 89 taga yoki 57,4 foizga, transport vositalarini olib qochish 36 taga yoki 40,4 foizga pasaydi.

Respublikada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida, bugungi kunga kelib, 4 ming 410 yoki qariyib 50 foiz mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Jinoyat qidiruv yo‘nalishida 11 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etilishiga erishilgan.

Respublika hududida jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yashiringan qidiruvdagi shaxslarning 2 ming 445 nafari ushlangan. Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish borasida 1 ming 234 noqonuniy holat aniqlandi.

Korrupsiya va iqtisod sohasida sodir etilgan, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi 2 ming 204 jinoyat aniqlangan.


Комментарии (0) | Добавить: 28.06.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda