Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalariga ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining «Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi buyrug'i imzolandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi — Lex.uz saytida e`lonqilindi.

Buyruqqa binoan Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalariga quyidagi ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Qoidalarning 99-bandining 1-abzatsi quyidagi abzatslar bilan almashtirilmoqda:

«99. Oddiy pochta jo'natmasi jo'natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftari kvitansiyasi berilmasdan qabul qilinadi, ilova hujjatlarga qo'shimcha yozuvlar yozilmasdan jo'natiladi va adresatga tilxatsiz topshiriladi.

Ro'yxatga olinadigan pochta jo'natmasi yoki pul o'tkazmasini qabul qilishda jo'natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya beriladi. Kvitantsiya daftaridan olinadigan kvitansiya berilganda kvitansiyaning orqa tarafiga taqvim shtempeli izi qo'yiladi. Ro'yxat bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilgan pochta jo'natmalari va pul o'tkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. Bitta jo'natuvchi tomonidan jo'natiladigan, bir vaqtda bir necha ro'yxat bo'yicha qabul qilinadigan pochta jo'natmalari, pul o'tkazmalariga bitta umumiy yoki har bir ro'yxatga alohida kvitansiyalar yoziladi».

101-band quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

«101. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'simliklar karantini davlat inspeksiyasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasi tomonidan o'simliklar va hayvonlar karantini e`lon qilingan joylarda sabzavotlar, mevalar, urug'lar, ko'chatlar va o'simliklar, go'shtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari solingan posilkalar qabul qilinmaydi. Bu haqda axborot pochta aloqa bo'limlarida joylashtiriladi».

103-band quyidagi mazmundagi oltinchi abzats bilan to'ldirilmoqda:

«Yuridik shaxslardan qabul qilingan pul o'tkazmalari, oluvchining arizasiga binoan oluvchining plastik kartochkasiga o'tkazib berilishi mumkin».

Qoidalar quyidagi mazmundagi 1041-band bilan to'ldirilmoqda:

«1041. Muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig'inlarda qatnashish davrida, harbiy qismlar tomonidan jo'natiladigan, og'irligi 20 grammgacha bo'lgan oddiy xatlari belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlari jo'natiladi».

3-ilovaning 3-band 12-abzatsi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

«Madaniy boyliklar bo'lgan, pochta, kurerlik jo'natmalarini jo'natishda, jo'natuvchi pochta aloqasi ob`yektiga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishi kerak, bu ruxsatnoma pochta, kurerlik jo'natmasining ichiga qo'yiladi».


Комментарии (0) | Добавить: 17.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi