Podolskda 11 yoshli maktab o'quvchisi onasining xushtorini pichoqlab o'ldirdi


Moskva shahri yaqinida 5 sinf o'quvchisi bo'lgan o'smir o'z onasi bilan yashaydigan shaxsni pichoq orqali o'ldirib qo'ydi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga asoslangan holda "Interfaks" nashri xabar bergan.Ma'lum qilinishicha, marhum bo'lmish 28 yoshli orenburglik yigit Podolskda 37 yoshli ayol bilan yashab kelgan. Uning qotiliga aylangan maktab o'quvchisi marhum tomonidan doimiy ravishda o'ziga nisbatan tazyiq amalga oshirilgani haqida aytib bergan.Aniqlik kiritilishicha, navbatdagi nizodan so'ng u onasining xushtoriga o'tkir pichoq bilan zarba bergan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo'lgan.Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga ko'ra, 14 yoshgacha bo'lganlarga nisbatan jinoiy ish ochilmaydi va 11 yoshli ushbu qotil jinoiy javobgarlikdan qutulib qoladi.

Комментарии (4) | Добавить: 25.07.2015
4. _-Elbek-_ (28.07.2015 07:32)
Boplabti, onasigayam aql yoq ekanda o'zi
3. sHoH_uZ (26.07.2015 01:31)
xaa unda 14 yowigaca bemalol yana iwini davom ettirsa bular ekan((((
2. _Yagona_ (25.07.2015 22:07)
6rniga onasi qamaladimi ? Axir kimdir jazo oliwi kerakku
1. Shaxboz_95 (25.07.2015 20:16)
Insofni onasiga bersin!
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]