У нас есть только
оригинальные песни

Pokemon Go bilan bog‘liq qiziqarli raqamlar

calendar 27.07.2016
2610

Agar Pokemon Go haqida hali ham eshitmagan bo‘lsangiz, so‘nggi bir oyni qaysidir bunkerda internetsiz o‘tkazgan bo‘lsangiz kerak. 6-iyul kuni chiqqan bu o‘yin shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, avvaliga Nintendo aksiyalari narxining rekord darajada o‘sishiga, so‘ng pasayishiga sabab bo‘ldi.

Pokemon Go sabab millionlab odamlar ko‘chaga chiqdi, bu holat kichik biznesni juda quvontirmoqda, biroq, deylik, rossiyalik qonun ijodkorlarini xavotirga solmoqda. “Meduza” nashri esa Pokemon Go bilan bog‘liq qiziqarli raqamlarni to‘plab chiqdi.

20 000 000 000 dollar

O‘yin chiqqanidan so‘ng, Nintendo’ning bozor narxi shunchaga qimmatlashdi. Endi kompaniya 40 milliard dollarga baholanmoqda.

33 daqiqa

Pokemon Go’ning amerikalik har bir foydalanuvchisi o‘yinga o‘rtacha shuncha vaqt sarflamoqda. Bu Facebook, Twitter yoki Snapchat’ning ko‘rsatkichlaridan sezilarli ko‘p.

3 000 000 000 dollar

Pokemon Go sabab Apple kompaniyasi xuddi shuncha pul ishlab topyapti.

1 600 000 dollar

Pokemon Go ishlab chiquvchilari AQShdagi foydalanuvchilar hisobidan har kuni shuncha pul ishlab topmoqda.

210 yevro

Haydovchilik guvohnomasisiz mopedda pokemonlarni ovlagani uchun ikki italiyalikka xuddi shuncha jarima solindi.

1500 dollar

O‘yin ishtirokchilaridan biri o‘z akkauntini shuncha pulga baholadi. Boshqa akkauntlar nisbatan arzonroq — taxminan 50—150 dollarga sotib olsa bo‘ladi.

1 kishi

Pokemon Go o‘yini jarayonida bir kishi halok bo‘ldi — Gvatemaladagi shaharlardan birida noma’lum shaxslar pokemon izlab yurgan o‘smirni otib tashladi.

10 kun

Google qidiruvida “Pokemon Go” so‘rovi ketma-ket 10 kun davomida “porno” so‘rovini ortda qoldirdi.

30 000 000

iOS va Android foydalanuvchilari shuncha marta Pokemon Go’ni o‘rnatib oldi.

6 700 000 000

Nintendo kompaniyasi Pokemon Go’ga to‘liq egalik qilmasligi, undan ko‘p foyda ololmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, kompaniyaning qiymati shuncha qadrsizlandi.

10 kilometr

Pokemon Go o‘yinchisi pokemonli bir necha tuxum “qo‘yish” uchun o‘yinni yoqib qo‘yib, taxminan shuncha yo‘l bosishi kerak.

Яндекс.Метрика