У нас есть только
оригинальные песни

Pokiston kinoteatrlarida hind filmlari namoyishi man etildi

calendar 02.10.2016
1223

Pokistonning yirik kinoteatrlari mamlakat qurolli kuchlari bilan birdamlik ramzi sifatida hind filmlari namoyishini man etdi. Taqiq poytaxt Islomobod va Karachi, Lahor shaharlarida joriy etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kinozallar tarmoqlari va alohida kinoteatrlar hind filmlarini kamida bir necha hafta yoki ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izga tushmagunicha ko‘rsatmasliklarini ma’lum qildi. Ayni paytda, kinoteatrlar egalari ushbu qarordan moliyaviy jihatdan zarar ko‘rishi mumkinligini yashirmayapti — Bollivudda ishlab chiqarilgan filmlar Pokistonda juda ommalashgan. Mamlakat kinosanoati qo‘shni davlat bilan raqobatlashishga harakat qilmoqda, biroq hozircha buning uddasidan chiqolmayapti.

Bundan avvalroq Hindiston prodyuserlari assotsiatsiyasi pokistonlik aktyorlarga Bollivudda ishlash man etilishini e’lon qilgandi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar 18-sentabr kuni Kashmirda hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng taranglashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi.

Яндекс.Метрика