У нас есть только
оригинальные песни

Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi

calendar 20.06.2018
1022

Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi, deb yozmoqda The News.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning familiyasi — Abrar, u avtobus kompaniyasida qorovul bo‘lib ishlagan. Abrar o‘zi ishlaydigan kompaniyaning 18 yoshli xodimi, Mexvish ismli qizga unga turmushga chiqishni taklif qilgan. Biroq Mexvish taklifni rad qilgan. Abrar ish kuni tugagach, qizning orqasida borib, uning peshonasini mo‘ljalga olgan. Qiz voqea joyida jon bergan. Kuzatuv kemerasidan olingan tasvirlarga qaraganda, Abrar o‘q uzishdan avval qizning qo‘lidan tutgan va unga nimadir degan.

Abrar jinoyat joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq kompaniyaning boshqa xodimlari uni tutib, politsiyaga topshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Mexvish otasining o‘limidan keyin oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan.

Яндекс.Метрика