У нас есть только
оригинальные песни

Pokistonda jangarilar poliomiyelitga qarshi vaksinatsiya o‘tkazayotgan shifokorlarga hujum qildi

calendar 20.04.2016
1006

Pokistonda noma’lum jangarilar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlayotgan shifokorlarga qarshi hujumlar uyushtirdi. Bu haqda Dawn telekanali axborot berdi.

Voqea Sind viloyatining Karachi shahrida sodir bo‘ldi. To‘rtta mototsiklga mingan sakkiz kishi tibbiyot xodimini o‘rab olib, uning ismini so‘radi. Yaqin atrofda turgan politsiyachi suhbatga aralashdi, ammo mototsikldagi shaxslar unga qarata o‘t ochdi. Yana ikki politsiyachi voqea joyiga yetib keldi, lekin son jihatdan ustun bo‘lgan jinoyatchilar huquq-tartibot xodimlarining barini otib tashladi.

Bir muddatdan so‘ng shu jinoiy guruhning o‘zi shaharning boshqa qismida shifokorlarni qo‘riqlayotgan politsiya naryadiga hujum uyushtirdi, buning oqibatida to‘rt nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi.

Shifokorlar orasida qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

Birorta terrorchi guruh hozircha ushbu xatti-harakatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Vaksinatsiya kampaniyasi vaqtinchalik to‘xtatilib, Karachiga qo‘shimcha politsiya kuchlari tashlandi. Sind politsiyasi inspektori, general Xavajaning ta’kidlashicha, emlash tadbirlari har qanday sharoitda ham oxiriga yetkaziladi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, Pokiston hozirgi kunga qadar poliomiyelit butunlay yo‘q qilinmagan dunyodagi uch davlatdan biridir. Bu ro‘yxatda, Pokistondan tashqari, Afg‘oniston va Nigeriya bor. Hukumat ko‘p yillardan buyon xastalikka qarshi kurash olib boradi, lekin mahalliy aholi emlash bepushtlikka olib keladi deb hisoblab, tibbiy aksiyalarda ishtirok etishdan bosh tortadi. Radikal guruhlar esa shifokorlarni Pokiston yoshlarini yo‘ldan urayotgan G‘arb josuslari deb biladi.

Яндекс.Метрика