У нас есть только
оригинальные песни

Politsiya Seul markazida namoyishlar o'tkazishni taqiqladi

calendar 28.11.2015
1037

Janubiy Koreya politsiyasi tartibsizliklar va to'qnashuvlarni keltirib chiqarishidan xavfsiragan holda kelgusi haftada Seul markazida o'tkazilishi rejalashtirilgan namoyishlarni o'tkazishni taqiqladi, deya xabar bermoqda Ryonhap agentligi.

Bundan avvalroq esa Fermerlar assotsiatsiyasi kelgusi haftada shahar markazida namoyishlar o'tkazish to'g'risida politsiyani xabardor qilgan, aktsiyada 10 ming kishi ishtirok etishi lozim edi.

Avvalroq Seul bo'yicha hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar bo'lib o'tgan edi. Ularda 53ta kasaba kengashidan 130 ming kishi ishtirok etib, so'nggi 7 yil ichidagi eng yirik miqyosli namoyishlar bo'ldi. Namoyishchilar hukumatning mamlakat tarixi bo'yicha darsliklarni bir xillashtirish va tsenzura qilish va mehnat bozorini isloh qilish rejasiga qarshi e'tiroz bildirishmoqda. Aktsiyalar jarayonida tartibsizliklar bo'lib o'tdi, politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagchilar va ko'zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalandi. To'qnashuvlar natijasida 50 nafarga yaqin kishi hibsga olindi, taxminan 30 kishi jarohatlandi.

Taqiqqa qaramasdan, fermerlar assotsiatsiyasi namoyishlarni rejalashtirilganidek o'tkazishini ma'lum qildi. Bunga javob tariqasi politsiya tashkilotchilarni mazkur harakat noqonuniy deya baholanishi, politsiya buyruqlariga bo'ysunmaganlar jazoga tortilishi haqida ogohlantirdi.

Яндекс.Метрика