У нас есть только
оригинальные песни

Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul

calendar 20.06.2017
1519

Hosilga zarar yetmasligi uchun kuchli ta’sir qiluvchi zaharli-kimyoviy vositalarni g‘amlash shart emas — o‘zingiz tayyorlagan vositalardan ham foydalansangiz bo‘ladi.

  1. Yog‘li sprey

Bu vosita shiralar, kapalar va turli xil qo‘ng‘izlarga qarshi yaxshi samara beradi. Eritmani tayyorlash uchun sizga bir piyola o‘simlik yog‘i va bir osh qoshiq suyuq sovun kerak bo‘ladi. Masalliqlarni butilkaga soling va yaxshilab silkiting. Qo‘llashdan oldin 2 choy qoshiq aralashmani 1 litr suvda eriting, eritmani purkagichli idishga quying, silkiting va o‘simliklarning zararlangan barglariga seping. Zararkunandalar ustiga tushgan yog‘ nafas olishga to‘sqinlik qiladigan qobiq hosil qiladi va bu ularning halokatiga olib keladi.

  1. Sovunli sprey

Sovunli sprey ham shiralar, kapalar va har xil qo‘ng‘izlar bilan kurashuvchi yaxshi vosita hisoblanadi. 1 ½ choy qoshiq suyuq sovunni 1 litr suvda eriting,vositani o‘simliklarning zararlangan qismlariga seping. Sovunli eritmaning ta’sir qilish tartibi ham yog‘li eritmanikiga o‘xshaydi, shuning uchun ulardan zarur hollardagina foydalanish kerak. Uni kechqurun yoki ertalab quyosh chiqmasdan turib sepish tavsiya qilinadi.

  1. Sarimsoqli sprey

Sarimsoq hidi kapalak qurtlarini, shuningdek ba’zi boshqa zararkunandalarni ham qochiradi. Kechqurun 2 bosh sarimsoqni ezib maydalang va suyuq bo‘tqa holatiga kelishi uchun biroz suv qo‘shing. Sarimsoqni ertalabgacha tindirib qo‘ying, keyin esa uni bir litrlik bankaga o‘tkazing, ½ piyola o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq suyuq sovun qo‘shing, to‘ldirib suv soling va aralashtiring. Ishlatishdan oldin 1 piyola vositani 1 litr suvga solib aralashtiring va zararlangan o‘simliklarga seping.

Zararkunandalarga qarshi kurashishning boshqa usullari

Bu spreylardan tashqari zararkunandalarning ko‘pgina boshqa tabiiy dushmanlari ham bor: asalarilar, arilar, xonqizi, tillaqo‘ng‘izlar, beshiktervatlar va o‘rgimchaklar. Agar ularni o‘z tomoningizga jalb qilsangiz, masalani ancha yengillashtirgan bo‘lasiz. Buning uchun ularni chaqiradigan o‘simliklar ekish mumkin: rayhon, kalendula, moychechak, dastorbosh, yalpiz, lavanda, petrushka va changga boy bo‘lgan gullar.

Яндекс.Метрика