У нас есть только
оригинальные песни

Pop tumanida namunaviy jamoatchilik nazorat maskani ishga tushdi

calendar 15.04.2018
892

Namangan viloyatining Pop tumani, “Pop” mahallasi hududida zamonaviy jamoatchilik nazorat maskani tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Tumandagi 77 ta mahallada 22 ta jamoatchilik nazorat maskanlari mavjud bo‘lib, ularning barchasi yangi binolarga almashtirilmoqda. “Pop” mahallasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan seminarda yig‘ilganlar yangi maskanning qulaylik jihatlari, jihozlash va xizmat olib boruvchilar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishtirildi. Shu kabi jamoatchilik nazorat maskanlarini viloyatning barcha mahallalarida tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu o‘z navbatida ichki ishlar organlari va mahallaning uzviy bog‘liqligini ta’minlab, huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

2018-yilning shu vaqtiga qadar “Pop” mahallasida umuman jinoyat sodir etilmadi. Namunaviy tarzda qurib bitkazilgan jamoatchilik nazorat maskani esa hudud osoyishtaligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика