У нас есть только
оригинальные песни

Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi

calendar 04.09.2018
1619

British Airways reysining g'ayrioddiy yo'lovchisi haqida Facebook foydalanuvchisi Katerina Kozoriz yozdi: “Do'stlar, bugun Londondan Kiyevga British Airways samolyotida uchib keldik va g'ayrioddiy yo'lovchini ko'rib hayron qoldik. U barchaga tabassum qildi, yuklarini yukxonaga o'zi joyladi va oddiyligi bilan hayratda qoldirdi”.

Petr Poroshenko Jon Makkeynning ta`ziya marosimida ishtirok etib AQShdan qaytayotgan bo'lgan.

Ukraina prezidentining aviatsiya parki uchta: A-319-115, An-74TK-300D, An-148 samolyoti va Mi-8MTV-1 vertolyotidan iborat. Segodnya.ua’ning xabar berishicha, AQShga tashrif shaxsiy maqsadda bo'lgani sababli Poroshenko oddiy yo'lovchi samolyotdan foydalangan.

Яндекс.Метрика