У нас есть только
оригинальные песни

Poroshenko Putin bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi

calendar 09.06.2018
771

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, Poroshenko va Putin yaqin vaqt ichida ikki mamlakat ombudsmenlari mahbuslarni ko'rish uchun kelishiga kelishib olgan.

"Yaqin vaqt ichida har ikki davlatning inson huquqlari bo'yicha vakolatli vakillari qamoqda saqlanayotgan shaxslarni ko'rishga kelishi haqida kelishuvga erishildi", - deyiladi xabarda.

O'z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov har ikki davlat rahbarlari o'zaro telefon muloqoti o'tkazganini tasdiqlagan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Яндекс.Метрика