У нас есть только
оригинальные песни

Poroshenko: Rus imperiyasining temir pardasi buzildi

calendar 29.12.2017
1006

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma`lum qilishicha, YeI bilan vizasiz rejimning joriy etilishi hamda G'arbning mustaqillik uchun kurashdagi qo'llab-quvvatlovi 2017 yilda mamlakatning asosiy yutuqlariga aylandi. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida xabar berilgan.

«Vizasiz rejim – bu Ukraina pasportini hurmat qilishni boshlashgani. 11 iyundan biometrik pasportga ega bo'lgan har bir ukrainalik navbatlarda turmay, viza yig'imlarini to'lamay, hech kimga kerak bo'lmagan qog'ozlarni to'ldirmay, Yevropa Ittifoqi bo'ylab erkin tarzda sayohat qilishi mumkin. Rossiya imperiyasi yoki SSSR temir pardasi buzildi», - deya ma`lum qildi Ukraina yetakchisi.

Eslatib o'tamiz, Poroshenko avgust oyi oxirida Ukraina «SSSR yoki Rossiya imperiyasiga hech qachon qaytmasligi» haqida ma`lum qilgandi. Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat «qaytish nuqtasidan» o'tgan.

Яндекс.Метрика