У нас есть только
оригинальные песни

Poroshenkoga Ukrainada Rossiya rubli almashtirilishini man etish taklif qilindi

calendar 17.04.2016
826

Ukraina prezidenti saytida mamlakatda Rossiya rubli almashtirilishini man etishga chaqirilgan petitsiya matni paydo bo‘ldi.

Uning muallifi “Rossiyaning Ukrainaga nisbatan qurolli, axborot, siyosiy va iqtisodiy xuruji” munosabati bilan barcha birjalarda rubl kotirovkasini taqiqlashga chaqirgan. Shu tariqa, asosiy valyutalar qatorida rubl kursini ko‘rsatishni man etish, uning o‘rniga funt sterling almashuv kursi haqida ma’lumot berish taklif etilgan.

Mazkur hujjatni ma’qullab, hozircha 17 kishi imzo qoldirgan. Ushbu tashabbus prezident tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun uni 25 ming kishi qo‘llab-quvvatlashi zarur.

Яндекс.Метрика