У нас есть только
оригинальные песни

Portugaliya - Frantsiya bahsi arafasida taxminlar bahsi

calendar 10.07.2016
1540

O'zbekistonlik sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov jurnalist Elmurod Ermatov bilan gaplashib, Еvropa chempionati finali arafasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Portugaliya - Frantsiya: kim g'olib bo'ladi?
Mirjalol Qosimov,  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, o'smirlar o'rtasida jahon va Еvropa chempioni, Rossiya chempioni, Osiyo o'yinlari chempioni, o'zbek futboli afsonasi :
- Avvalo, Frantsiyada bo'lib o'tayotgan Еvro-2016 bahslari juda qiziqarli va jozibador o'yinlarga boy o'tganini ta'kidlash joiz. Uels, Belgiya, Xorvatiya, Italiya termalari ishtirokidagi bahslar muxlislarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Mana musobaqaning eng cho'qqisi bo'lgan final o'yini ham etib keldi. Aslida, final o'yini oldidan bashorat qilishning o'zi qiyin. Portugaliyaning finalgacha bo'lgan yo'liga e'tibor beradigan bo'lsak, guruhdan duranglar bilan chiqqan jamoa pley-offda juda samarali o'yin ko'rsatdi. Termada jahonning top-o'yinchisi Ronaldu bor. Umuman olganda, Santush shogirdlari har tomonlama mukammal o'yin ko'rsatishyapti. 

Frantsiya esa zo'r ijrochilarga ega jamoa. Ularning hujum chizig'ida to'p surayotgan Grizmann va Pogbani alohida e'tirof etish kerak. Germaniya bilan bo'lgan yarim final bahsi "uchranglilar"ning qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Bir qarashda finalda har ikki jamoaning imkoniyatlari elikka-ellikdek. Lekin, frantsuzlarni o'z uyida o'ynayotganini unutmaslik kerak. O'sha mashhur iborani eslaymiz: “O'z uyingda devorlar ham yordam beradi”. 

Menimcha, mezbon jamoada har doim ustunlik bo'lgan va mazkur jihat ertaga ham o'z so'zini aytadi.   

Elmurod Ermatov, sport jurnalisti:
- Darhaqiqat, Fernandu Santush termasi guruh bahslarida vengerlar, avstriyaliklar va islandlar bilan nursiz durang qayd etib, navbatdagi bosqichga chiqdi. Keyingi bahslarda esa jamoa xuddi almashtirib qo'yilgandek o'yin ko'rsatmoqda. Tarkibdagi almashtirishlar, bir vaqtni o'zida ham himoya va hujumda bir xil faol o'yin namoyishi portugallarga haqli ravishda final yo'llanmasini keltirdi. Asosiysi, ularga pley-offda raqib bo'lgan Xorvatiya, Uels va Polsha termalari himoyada intizomli o'yin ko'rsatayotgan Portugaliya darvozasi oldida juda kam  xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldilar. Portugallar esa har bir hujumdan  samarali foydalanib, navbatdagi bosqichga chiqish uchun nechta gol kerak bo'lsa shuncha gol urishdi. So'ngi o'yinda frantsuzlar hujum chizig'i vakillarida charchoq alomatlari sezilmoqda. Krishtianu va Nani juftligi esa ajoyib sport formasida ekanligiga guvoh bo'ldik. Katta ehtimol bilan Portugaliya g'olib bo'ladi.

Яндекс.Метрика