У нас есть только
оригинальные песни

Portugaliya to‘rt kun davomida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ta’minlandi

calendar 21.05.2016
994

Portugaliya tarixda birinchi marta qayta tiklanadigan energiya manbalari — quyosh panellari, shamol tegirmonlari va gidroelektr stansiyalar yordamida to‘rt kun davomida o‘z energetik ehtiyojlarini to‘liq qondirdi. Bu haqda, The Guardian nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Umumiy hisobda mamlakat 107 soat davomida muqobil energiya manbalaridan ta’minlandi: 7-may soat 6:45 dan 11-may 17-:45 gacha.

“Biz shunga o‘xshash trendni butun Yevropada ko‘rmoqdamiz — o‘tgan yili buni Daniya eplagandi, endi — Portugaliya uddasidan chiqdi. Iberiya yarim oroli — qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ajoyib makon, nafaqat mintaqa, balki butun Yevropa uchun”, — deb yangilikka izoh berdi Shamol energetikasi savdo uyushmasi spikeri.

O‘tgan yili shamol energetikasi mamlakatni 22 foizga elektr quvvati bilan ta’minlagan, barcha muqobil energiya manbalarida esa bu ko‘rsatkich 48 foizga teng bo‘lgan edi.

“Bu Portugaliya uchun mislsiz natija, bugun favqulodda bo‘lib tuyulayotgan narsa ertaga butun Yevropa uchun oddiy holga aylanadi”, — dedi SolarPower Europe kompaniyasi bosh direktori Oliver Joy.

Яндекс.Метрика