У нас есть только
оригинальные песни

Poytaxtning 60 mingdan ortiq haydovchilari «jarima maktubi»ni olishdi

calendar 19.04.2017
1310

Toshkent shahrining 115 chorrahasida kameralar 15 martdan 12 aprelgacha bo'lgan muddat mobaynida 62777 nafar qoidabuzar haydovchi «jarima maktubi»ni olgan. Ularning 35845tasi svetoforning ta`qiqlovchi chirog'ida o'tish, 26932tasi tezlikni belgilangan me`yordan oshirishdir. 

Shu bilan birga, yo'l-transport hodisalarining umumiy soni ham kamaymoqda. 15 mart-12 aprel kunlari oralig'idagi YTHlar 23,9 foizga, o'lim bilan yakunalanadigan avtohalokatlar 38,9 foizga qisqargan. Jabrlanganlar miqdori 21,3 foiz, avtofalokatlarda jabrlangan bolalar soni 50 foizga kamaygan.

O'tgan vaqt mobaynida, shahar avtobuslarining 190 nafar haydovchisi hamda 87ta tez tibbiy yordam mashinalarining qoida buzganligi aniqlangan.
 
Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lumotlariga ko'raa, hisobot davrida 87ta tibbiy yordam hamda 2ta o't o'chirish mashinasi svetoforning taqiqlovchi chirog'i va tezlikni oshirganligi aniqlangan. Biroq, ushbu xizmatlar rahbariyatlari taqdim etgan ma`lumotlarga ko'ra, ular haqiqatdan ham xizmat vazifasi yuzasidan shoshayotgan bo'lgan. Shu munosabat bilan ularga yozilgan jarimalar bekor qilindi. “Toshshahartransxizmat”ga ko'ra, 190ta shahar avtobuslari qizil chiroqda o'tgan yoki to'xtash chizig'ini bosgan. 

Яндекс.Метрика