У нас есть только
оригинальные песни

Prezident huzurida yangi maslahat kengashi tashkil etiladi

calendar 10.01.2018
809

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi tashkil etiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma`lum qilingan.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2018 yil 20 aprelga qadar ishlab chiqiladi. 

Loyihada: 

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari;
  • ijro hokimiyati ustidan samarali jamoat nazoratini tashkil etish; 
  • davlat va jamoatchilik institutlari bilan o'zaro aloqalarni mustahkamlash vazifalari nazarda tutiladi.

FJShMMQI, O'zNNTMA, Adliya vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), AQHMI, TDYuU, DBA bu boradagi ishlar uchun mas`ul etib belgilandi.

Яндекс.Метрика