У нас есть только
оригинальные песни

Prezident huzuridagi yig‘ilishdan so‘ng “O‘zavtosanoat” raisi ishdan ketdi

calendar 27.06.2018
816

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida xabar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda avtomobil sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishi, lekin keyingi paytlarda ishlab chiqarish va eksport hajmi kamaygani qayd etildi. Tarmoqning barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketgani tanqid qilindi.

Яндекс.Метрика