Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqini Navro‘z umumxalq bayrami bilan qutladi

Prezident Islom Karimov 21-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalarda O‘zbekiston xalqi va barcha mehmonlarni ayyom bilan qutladi. Tabrik matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi:

"Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda tabiat uyg‘onib, bahor kelishi bilan ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Hammamiz orziqib kutadigan, yangilanish va yasharish, shodu xurramlik ramzi bo‘lgan ana shunday eng ko‘hna, olijanob bayram bilan siz, azizlarimni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Qadrli yurtdoshlarim!

Barchamizga ma’lum, dunyoda bir-biridan buyuk, bir-biridan ajoyib bayramlar ko‘p. Lekin ular orasida Navro‘z ayyomi o‘zining qadimiyligi, tabiatimizga uyg‘unligi va go‘zalligi bilan, ma’no-mazmunining teranligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Va ayni shuning uchun ham uyg‘onish va yasharish timsoli bo‘lmish bu buyuk ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag‘rini keng ochib, "Xush kelibsan o‘lkamizga Navro‘z, qadaming qutlug‘ bo‘lsin!” deb, eng katta orzu-niyatlar bilan kutib oladilar.

Haqiqatan ham, ming yillar avval – "Avesto” davrida paydo bo‘lgan Navro‘zi olam bizning xalqimiz uchun eng ko‘hna, asl milliy, sharqona yangi yil debochasi sifatida doimo sog‘inib, ardoqlab qarshi oladigan, har qaysi uyga shodlik va xursandchilik olib kelishi, o‘sha zamonlardan buyon xalqimizga mansub bo‘lgan an’ana va qadriyatlarni bezavol saqlab kelishi bilan barchamizga qadrli va azizdir.

Ko‘klam ayyomi kelishi bilan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz rizqu ro‘zini tilab, qo‘sh haydab, dalaga don sochib, yam-yashil adirlarda ot choptirib, Navro‘z sayillarini o‘tkazgani xuddi kechagidek bo‘lib tuyuladi va barchamizni beixtiyor ana shu bayramona kayfiyatga berilib ketishga undaydi.

Ayni shu kunlarda mahalla-ko‘y doshqozonlar atrofida jamuljam bo‘lib, ayollarimiz, momolarimiz tunni tun demasdan, hech charchamasdan, ezgu niyat, zavq va xursandchilik bilan insonga kuch-quvvat beradigan sumalak va halim, ko‘ksomsa va go‘ja kabi tansiq ne’matlarni tayyorlab, ularni o‘z oilasi va do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishi kabi ota-bobolarimiz, ajdodlarimizdan qolgan betakror an’ana va odatlarimiz yurtimizga, uylarimizga kirib qolgandek, o‘zimizni esa atrof-tabiatimizning ajralmas bir qismidek his qilamiz.

Ana shu dilbar faslda insonlarning bir-biriga mehribonlik ko‘rsatishi, bemorlarga, muhtoj bo‘lganlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarimizning duosini olish kabi noyob fazilatlar albatta odamning ko‘nglini yumshatadi, doim yaxshilikka intilishga, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga chorlaydi.

Navro‘zi olamning yana bir betakror xislati borki, u har qaysi uy, har qaysi yurtda, butun yer yuzida tinchlik va osoyishtalik bo‘lishiga da’vat etadi.

Bu ayyomda turli gina va arazlar unutiladi, urush va janjallar to‘xtaydi, murosai madora, ahillik, odamiylik qaror topadi.

Aziz yurtdoshlar, qadrdonlarim!

Shular haqida gapirganda, Navro‘zning bunday o‘lmas g‘oyalari, ruhi va falsafasi hozirgi kunda tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshiliklarni, turli mojaro va urushlarni faqatgina siyosiy va tinchlik yo‘li bilan yechish kerakligiga da’vat etishini, uni aynan bugungi hayotimizning eng o‘tkir, eng dolzarb muammolari bilan uzviy bog‘langanini yana bir bor tasdiqlab beradi.

Bizga, o‘zbek xalqiga nima kerak – tinchlik va omonlik kerak, degan da’vat el-yurtimiz orasida tobora keng tarqalib bormoqda. Buning asosiy ma’nosi – bugungi notinch, keskinlashib borayotgan zamon barchamizdan hushyor va ogoh bo‘lishni talab etayotganini, tinch va osuda hayot uchun, mana shu musaffo osmon uchun kurashish, butun dunyo bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashashni bildiradi.

Fursatdan foydalanib, bugungi Navro‘z shodiyonamizda ishtirok etayotgan barcha chet ellik mehmonlarimizga, xorijiy elchixonalar va xalqaro tashkilotlarning vakillariga sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan chuqur hurmat va minnatdorlik bildirib, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-omonlik, farovonlik va ravnaq tilashga ijozat bergaysiz.

Bugun katta umid va ishonch bilan hayotga kirib kelayotgan, o‘z fikriga, zamonaviy bilimga ega, Vatanimizning ertangi kuni uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan siz, navqiron o‘g‘il-qizlarimizga, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: biz hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaganmiz va hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaymiz!

Ko‘zlagan maqsad-muddaolarimizga albatta yetamiz!

Aziz va muhtaram vatandoshlarim! 

Barcha-barchangizni bag‘rimga bosib, yana va yana bir bor bugungi go‘zal ayyom bilan qutlab, qalbimdan, yuragimdan chiqadigan samimiy tilaklarimni izhor etmoqchiman.

Navro‘z har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, fayzu baraka olib kelsin!

Ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin, O‘zbekistonimiz yanada obod va farovon bo‘lsin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!”


Комментарии (3) | Добавить: 21.03.2015
3. NODIRBEKDJUZ (22.03.2015 23:40)
Комментарий удален.
2. _Yagona_ (22.03.2015 09:35)
K6p yawang Bobojon
1. 1222354 (21.03.2015 20:59)
Rahman Bobo umringiz uzoq bolsin
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

«O'zbekgidroenergo»ga rahbar tayinlandi
Umra ziyoratchilari uchun yangi reyslar e'lon qilindi
“O'zbektelefilm” boshqa binoga ko'chib o'tdi
Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi
«O'zbeknavo» o'rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi
Keyingi bekat - ayriliq!
Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?