Prezident jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to'g'risida qonun imzoladi

2 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to'g'risida»gi qonunga imzo chekdi. Qonun matni «Xalq so'zi» Online nashrida e`lon qilindi.

Oliy Majlis Senatining 28 iyun kuni bo'lib o'tgan 15-yalpi yig'ilishida «Jamoat joylarida chilim va sigaret chekishni cheklash to'g'risida»gi qonunni ma`qullagandi.

Belgilab qo'yilganidek, ushbu qonunning maqsadi jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur qonun fuqarolarning sog'lig'ini chilim va elektron sigaretalar chekishning zararli ta`siridan, u bilan bog'liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilishga, shuningdek jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi (3 oktabrdan — tahr.). Mazkur qonun talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Shunday qilib, chilim va elektron sigaretalarni:

  • statsionar savdo ob`yektlarida, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalarida, bundan chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
  • kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, ko'rik va ko'rgazma zallarida hamda ommaviy dam olish uchun mo'ljallangan boshqa yopiq inshootlarda;
  • klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko'ngilochar (bo'sh vaqt o'tkaziladigan) joylarda;
  • muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va ma`ruzaxonalarda;
  • mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), daryo kemalarida, shaharda, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslarda, taksilarda, yo'nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida, shuningdek havo kemalarida;
  • yer osti o'tish joylarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida;
  • aeroportlarning, temir yo'l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolarida;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo'jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolarida;
  • sog'liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlarida, ta`lim muassasalarida, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarida;
  • ish joylari bo'lgan xonalarda;
  • ko'p kvartirali uylarning yo'laklarida, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalarida;
  • xiyobonlarda, bog'larda, ko'chalarda va boshqa jamoat joylarida chekishga yo'l qo'yilmaydi.

Jamoat joylarida joylashgan xonalarni chilim va elektron sigaretalarni chekish uchun berish, xuddi shuningdek jamoat joylarida chilimni va elektron sigaretalarni foydalanishga berish taqiqlanadi.


Комментарии (0) | Добавить: 03.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda