У нас есть только
оригинальные песни

Prezident madaniyat va san`atni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni ma`lum qildi

calendar 27.08.2018
755

O'zbekiston Respublikasi prezidenti “O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san`at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, o'tgan yillar davomida mamlakatimizda madaniyat va san`atni qo'llab-quvvatlash, milliy madaniy va ma`naviy merosni saqlash hamda ko'paytirish, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, ushbu sohada madaniyat va san`atni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. Jumladan:

birinchidan, metsenatlar va homiylar yordamini jalb qilishni rag'batlantiradigan samarali huquqiy mexanizmlarning yo'qligi respublika madaniyat va san`at muassasalari faoliyatini, eng avvalo, muqobil manbalar hisobidan munosib tarzda moliyalashtirishni ta`minlash imkonini bermayapti, bu esa byudjyet mablag'lariga haddan ortiq qaramlikni keltirib chiqarmoqda;

ikkinchidan, xodimlarning kasbga tayyorgarlik darajasi hamda madaniyat va san`at muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning mahalliy tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun jalb etuvchanligini pasaytirmoqda;

uchinchidan, mahalliy madaniyat va san`at muassasalarining jahon madaniy makoniga puxta integratsiya qilinmaganligi mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishda va mintaqaning madaniy markazi sifatidagi maqomini mustahkamlashda mavjud boy madaniy-tarixiy merosdan hamda madaniyat va san`atning zamonaviy yo'nalishlaridan to'liq foydalanish imkonini bermayapti;

to'rtinchidan, madaniy meros obektlari, respublikaning muzey, arxiv, kutubxona va boshqa jamg'armalari butligini ta`minlashga lozim darajada e`tibor qaratilmayapti, bu esa mamlakat madaniy-tarixiy merosini saqlash va ommalashtirishga kompleks yondashish imkonini bermayapti.

Яндекс.Метрика