У нас есть только
оригинальные песни

Prezident matbuot xizmati rahbari ishdan olindi

calendar 30.08.2017
1004

Asadjon Xo'jayev O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu ma`lumot Kun.uz manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Xo'jayev shu yilning mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelayotgandi.

Biroz oldinroq O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobur Alixonov lavozimidan ozod qilingani ma`lum bo'lgandi.

Manbalarning bildirishicha, bu iste`folar o'zaro bog'liq bo'lib, ikki rahbar ham Samarqand shahrida boshlangan «Sharq taronalari» festivali yoritilishida yo'l qo'yilgan kamchiliklar tufayli ishdan ketdi.

Яндекс.Метрика