У нас есть только
оригинальные песни

Prezident Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risidagi hujjatga imzo chekkan. Tashkilot nomi o'zgaradi

calendar 14.03.2018
1532

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risidagi hujjatga imzo chekkan.

«Kun.uz» manbasi bergan ma`lumotga ko'ra, tashkilot nomi o'zgargan va Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan.

Ushbu hujjat qabul qilingani haqida yaqin vaqt ichida rasman e`lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidenti 2017 yilning 22 dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini tanqid qilgan va bu sohada olib boriladigan bo'lajak islohotlar haqida gapirgandi.

Bundan avvalroq, 2018 yilgi Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqilishi, loyihada davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari, milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari, sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanishi haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика