У нас есть только
оригинальные песни

Prezident Mirziyoyev jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

calendar 27.06.2018
709

27-iyun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ayni vaqtda O‘zbek milliy akademik drama teatrida ana shu sanaga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, unda vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigini Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Яндекс.Метрика