Prezident OAVga: «Maqtamang! Tomorqa bo'yicha bor haqiqatni ko'rsatib, yomon bo'lsa tanqid qilinglar»


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. 

Davlat rahbari yig'ilishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlarni Markaziy va hududiy televideniye, OAV orqali muntazam yoritib borish zarurligini bildirdi.

«Televideniye tomorqadan foydalanish bo'yicha har kuni 2 soatdan ko'rsatuvlar tayyorlaydi. Olib borilayotgan ishlarning yaxshi va yomon tomonlarini ko'rsatinglar», dedi prezident.

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Prezident milliy teleradiokampaniya (Xo'jayev), milliy axborot agentligi (Ko'chimov)ga ommaviy axborot vositalari orqali «Tomorqa qo'shimcha daromad manbai» shiorini aholi orasida keng targ'ib qilish, tomorqa yerlaridan foydalanish samarasini keng tushuntirish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot tadbirlarini tashkil etish bo'yicha vazifalar belgilab berdi.

Senat raisi va mahalliy Kengashlar bilan birgalikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi ishlarini joylarda tashkil etilishini faqat maqtov bilan emas, balki boricha yoritilishi kerakligi aytildi.     

«Maqtamanglar. Maqtaydigan davrlar o'tib bo'lgan. Raislar bilan birga yurib, borini ko'rsatish kerak. Yomon bo'lsa, qattiq tanqid qilinglar»,- deya ta`kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!