У нас есть только
оригинальные песни

Prezident Olmazordagi ichki ishlar bo'limiga bordi

calendar 29.06.2018
893

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-sonli ichki ishlar bo'limiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur bo'lim Olmazor tumanidagi “Shifokorlar”, “Jiydali”, “Hislat”, “Beruniy”, “Mirza G'olib", “Chig'atoy Oqtepa” kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda ko'p qavatli uylar, oliy ta`lim muassasalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob`yektlar talaygina.

Kuni kecha bo'lim xodimlari yangi binoda ish boshladi. Ular o'z xizmat vazifalarini sifatli bajarishi, jamoat xavfsizligini ta`minlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Prezident sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, hududni kechayu kunduz kuzatib, aholining osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

 

Яндекс.Метрика