У нас есть только
оригинальные песни

Prezident qarori: ishlayotgan pensioner shifokorlar pensiyani to'liq hajmda oladi

calendar 30.12.2017
945

2018 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, pensiyani to'liq hajmda oladilar. Bu O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish to'g'risida»gi qarori bilan belgilab berildi. Qaror 29 dekabr kuni imzolandi.

Qaror sog'liqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirishni rag'batlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyotga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida imzolandi.

Hujjat bilan Sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tadbirkorlik sub`yektlariga davlat-xususiy sherikchilik asosida davlat tibbiyot muassasalarining funksiyalarini quyidagilar bo'yicha berish haqidagi taklifi ma`qullandi: 

qo'shimcha bo'linmalar faoliyatini ta`minlash (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish joylari va boshqalar);

Sog'liqni saqlash vazirligi bilan ro'yxati aniqlanuvchi alohida tibbiy xizmatlarni ko'rsatish.

Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MChJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish ko'zda tutilmoqda. 
Qarorga muvofiq, Koreya Respublikasining ilg'or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari bo'yicha tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha tajribasini o'rganish va mamlakat tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi. 
 
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 yanvaridan tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, pensiya to'liq hajmda oladi.

Яндекс.Метрика