У нас есть только
оригинальные песни

Prezident qishloq xo'jaligi xodimlarini bayram bilan qutladi

calendar 09.12.2017
885

Bugun mamlakatda davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. 

Ayni paytda poytaxtdagi “O'zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ushbu sanaga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda. Bu haqda “Xalq so'zi” nashri xabar berdi.
  
Tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha xodimlarini tabrikladi. Qishloq xo'jaligidagi erishilayotgan yutuqlar e`tirof etilgani holda, kelgusidagi muhim vazifalarga e`tibor qaratildi. 

Mamlakat taraqqiyoti, xalq turmush farovonligi ta`minlanishi, eksport salohiyati oshishida iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i bo'lmish qishloq xo'jaligining roli nihoyatda katta. Shu bois sohaga bozor munosabatlarini joriy etish, mulkdorlarning yangi sinfini shakllantirish,  ularning amalda mustaqilligi hamda huquqiy himoyasini kuchaytirish orqali mahsulot yetishtirish hajmini ko'paytirish islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan. 

Qayd etilganidek, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida respublikamizda keyingi yillarda 160 mingdan ziyod salohiyatli fermer xo'jaliklari shakllandi. Ular bugungi kunda agrar tarmoqning o'nlab yo'nalishlarida samarali faoliyat ko'rsatmoqda. 

Oxirgi ikki yil ichida ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari soni 45 foiz ko'paydi. Ya`ni dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli o'zlashtirgan, shuningdek, transport, texnik va maishiy xizmatlar ko'rsatish kabi qo'shimcha yo'nalishlarni yo'lga qo'ygan ilg'or fermerlar umumiy soni 75 ming nafarga yetdi.

Яндекс.Метрика