O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi bo‘yicha soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
Saylovni yoritish bo‘yicha Respublika matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Soat 9:00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 17,72 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.