У нас есть только
оригинальные песни

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga davom etmoqda. Davlat rahbari 17 mart kuni Past Darg'om tumanida viloyat faollari bila

calendar 18.03.2018
822

Dubay amiri, Birlashgan arab amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri bo'lmish shayx Muhammad ibn Rashid al-Maqtum sahroda xorijliklarga yordam ko'rsatdi. U qumga tiqilib qolgan xorijliklarning avtomobilini tortib qumdan chiqarishga yordam ko'rsatgan.

Tvitterda sayyoh Hanna Karen Arroyo Dubay amiri bilan sahroda tushilgan suratni e`lon qildi, ko'p o'tmay bu surat amirlikdagi nashrlarda tarqaldi.

«Dubay sahrosida men va mening do'stlarim shayx Muhammad ibn Rashid tomonidan qutqarildik», deya yozgan u.

Fotolardan birida amirning Mercedes Benz G-class rusumli, Dubai No raqamli avtomobilini ko'rish mumkin. Unga qalin kabel ulangan. Ikkinchi fotoda esa turistlar amir bilan jilmaygancha suratga tushishganini aks etgan.

 

Яндекс.Метрика