У нас есть только
оригинальные песни

Prezident Surxondaryodagi xonadonlardan birida mehmon bo'ldi

calendar 10.02.2017
2813

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang Gilambob qishlog'ida Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo'ldi.  O'zA bergan xabarga ko'ra, prezident Shodi bobo va uning umr yo'ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralarning tarbiyasi to'g'risida suhbatlashdi. 

«Siz kabi ko'pni ko'rgan, yuzidan nur yog'ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir», degan prezident. 

Yerdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam o'zini ham, xalqini ham boy qilishi ta`kidlandi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so'z yuritildi. 

Xonadon egalari davlat rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini o'rganayotganidan yurtdoshlar juda mamnun bo'layotganini ta`kidlashdi. Odamlar og'irini yengil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun prezidentga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Яндекс.Метрика