PREZIDENT VIRTUAL QABULXONASI YANGI TALQINDA

Unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlar taqdim etilmoqda

 

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini to’liq ro’yobga chiqarish yuzasidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoniga muvofiq murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bo’lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Prezident virtual qabulxonasiga o’tgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdig’idir.

Bu, bir tomondan, xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga bo’lgan ishonchi tobora oshib borayotganidan dalolat bo’lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish darajasi yuksalib borayotgani, odamlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan o’z kundalik hayotida to’g’ri va maqsadli foydalana olayotganini ko’rsatmoqda.

Albatta, hayot bir joyda to’xtab turmaydi. Ayniqsa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi shiddatli davrda ko’zlangan maqsadlarga erishish yo’lida ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish aholiga yangi va qo’shimcha qulayliklarni yaratish imkonini beradi. Shu ma’noda, o’tgan davrda murojaatlar bilan ishlash tizimida to’plangan katta tajriba va o’tkazilgan chuqur tahlillar, fuqarolarimizning bu boradagi fikr-mulohazalari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda virtual qabulxona dasturiy tizimini yanada takomillashtirish ustida ish olib borildi. Binobarin, 2017 yil 11 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunida ham murojaatchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratish ko’zda tutilgan edi.

Shular asosida Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va 1 fevral kuni test rejimida ishga tushiriladi. Sayt manzili o’zgarmagan – pm.gov.uz. Bunda «pm» qisqartmasi – «Prezidentga murojaat» tarzida talqin qilinadi.

Murojaat yuborish shakli ham o’zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo’ng’iroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to’ldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin.

Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar esa quyidagilardan iborat.

Fuqaro virtual qabulxonada o’z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin

Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o’z xohishiga ko’ra, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs ro’yxatdan o’tish jarayonida fuqarolik pasportida ko’rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu – murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bo’lib, katta qulaylik yaratadi.

«Fuqarolarning shaxsiy kabineti» modulidan ko’zlangan maqsad – fuqarolarga virtual qabulxona tizimida ishlashda maksimal qulaylik yaratish, muayyan shaxsning murojaati bilan bog’liq barcha yozishmalarni bir joyda jamlashdan iborat.

Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda (ism-familiya, tug’ilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o’zaro bog’liqlikda o’rganishda qiyinliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay o’zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo’l qo’ysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi.

Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining to’liq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib izlash kerak edi. Shaxsning barcha yozishmasini bir joyda ko’rishning iloji yo’q edi. Murojaatchilar esa bir masaladagi turli murojaatlari va ularga yo’llangan javoblarni, odatda, qog’ozga chop etilgan holatda saqlaydi. Bularning barchasi murojaatchilar uchun ham, murojaatlar bilan ishlashda ham noqulaylik, ortiqcha vaqt va kuch sarflashni taqozo qilib kelayotgan edi.

Shu paytgacha murojaatchilar yangi murojaat yuborishda personal ma’lumotlarni takroran kiritishi lozim edi. Endi murojaatchi o’z shaxsiy kabinetiga kirib, personal ma’lumotlarni bir marta kiritsa, bo’ldi – keyingi barcha amallarni bajarishda shu ma’lumotlar tizimga avtomatik yuklanib boraveradi. Murojaat yuborish uchun har safar personal ma’lumotlarni yangidan kiritishga zarurat qolmaydi.

O’z navbatida ariza, shikoyat va takliflarning fuqarolar shaxsiy pasport ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi murojaatchilar shaxsini aniqlash ishonchliligini ta’minlaydi. Shaxsiy kabinet orqali shaxsning davlat organlari bilan bo’lib o’tgan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) bir joyda, qulay tartibda jamlanadi va kerakli murojaat javobini izlab topish osonlashadi.

Ko’p beriladigan savollarga batafsil javoblar

Virtual qabulxonada «Ko’p beriladigan savollar» bo’limi tashkil etildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad murojaatchiga o’zini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Tahlillar fuqarolarimiz tomonidan muayyan soha yoki mavzu yuzasidan umumiy xarakterdagi huquqiy axborot va maslahat olish uchun ham murojaat yuborish holatlari ko’p ekanini ko’rsatmoqda. Ular kerakli ma’lumotni olish uchun ma’lum muddat kutishiga to’g’ri kelgan, davlat organlari esa ayni bir mazmundagi javob talab qiluvchi ko’p sonli murojaatlarga alohida javob yuborishga majbur bo’layotgan edi.

Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida ko’p berilgan savollar aniqlab olinib, ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib, maxsus bo’limda jamlandi. Bunda uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlash va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transportga oid va huquqiy masalalar, ta’lim, fan va madaniyat, mehnat va aholi bandligi, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa turli masalalariga oid savollarga javoblar mavjud. Kerakli savolga javobni kalit so’zlar yordamida izlab topish imkoniyati ham yaratilgan.

Maxsus statistika moduli orqali qaysi savollarning javobi eng ko’p o’qilganini tahlil qilish mumkin. Eng ko’p tanishib chiqilgan mavzu avtomatik ravishda yuqori pog’onaga ko’tarilib boraveradi.

Yangi bo’lim murojaatchini qiziqtirgan savol ko’p beriladigan savollar sirasiga kirsa va uning javobi ma’lum bo’lsa, uni murojaat yo’llamasdan ham topish imkonini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish mumkin

Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo’lgan shaklda turli muammo va masalalar bo’yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi «Onlayn maslahatchi» moduli yaratildi. Bu modul «Ko’p beriladigan savollar» bo’limi bilan hamohanglikda ishlaydi.

Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari bo’yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15 fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi ko’zda tutilgan.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi. Fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman  masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko’rib chiqilib, javobi murojaatchiga etib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi.

«Onlayn maslahatchi» xizmati virtual qabulxona orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Endilikda u yoki bu masala bo’yicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutish zarurati qolmaydi. Bu o’z navbatida portalda ro’yxatga olinayotgan, faqat huquqiy ma’lumot olish nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarishiga, davlat organlarida boshqa turdagi murojaatlar bilan ishlash sifati oshishiga xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy ma’lumot olishga bo’lgan ehtiyojlari tezkor ravishda ta’minlanishiga erishiladi. “Onlayn maslahatchi” moduli orqali ko’p beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib, shu asosda “Ko’p beriladigan savollar” bo’limi to’ldirib boriladi.

Davlat organlari rahbarlariga Prezident virtual qabulxonasi orqali ham murojaat yo’llash mumkin

«Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari va ularga murojaat yuborish» moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari yagona bazada joylashtirildi.  Ya’ni, davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir ma’lumotlar – qabul kunlari, vaqti, tegishli telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, davlat organining manzili haqidagi ma’lumot bir joyda jamlandi.

Ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslar o’zlarini qiziqtirgan masala uchun qaysi davlat organi mas’ul ekani borasida etarli bilimga ega bo’lmaydi. Shu bois mazkur modulda alohida «Funktsiya va vazifalar» bo’limi tashkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funktsiya va vazifalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Hozir turli bo’g’indagi rahbarlarning virtual qabulxonalariga murojaat yo’llash shakllari turlicha bo’lib, ularning rasmiy veb-saytlarida bu haqda e’lon qilingan. Biroq, ularni izlab topishda noqulayliklar mavjud. Shundan kelib chiqib, fuqarolarga portal bazasida o’z murojaatlarini bevosita tegishli davlat organlariga yuborish imkoniyatini taqdim etish maqsadida davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonasiga murojaat yo’llash shakllari bir joyga jamlandi. E’tiborli jihati shundaki, bunday yo’sinda yo’llangan murojaatlar bilan ishlash jarayoni ham doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin

«Xalq qabulxonalari manzillari» bo’limida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to’g’risidagi ma’lumotni O’zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo’ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko’rsatilgan.

Mahallangizni ko’rsating va muammolar echimiga hissa qo’shing

Virtual qabulxonaning yangi talqinida fuqaro murojaat yuborish jarayonida o’zi istiqomat qilayotgan mahallani ham ko’rsatib o’tishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu muammoga echim topish darajasini yanada oshiradi. Shu yo’l bilan murojaatda ko’tarilgan muammo muayyan hududdagi qaysi sektorga taalluqli ekani aniqlanadi. Ayni paytda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar hududida qanday muammolar mavjud ekanini onlayn tahlil qilish, ularni kompleks hal etish uchun yaqin va o’rta istiqbolga mo’ljallangan aniq chora-tadbirlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqish imkoniyatlari kengayadi.

Ta’qib bo’lsa, tezkor xabar berish mumkin

Virtual qabulxonadagi yana bir yangilik – murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida «Ta’qib haqida xabar» moduli joriy qilingani bo’ldi. Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo’lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko’rib chiqiladi.

Murojaat va mas’uliyat

Endi portalda fuqarolar o’z murojaatini yuborishdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan mas’uliyati to’g’risida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qo’yadi. Bu murojaatchilarning ham mas’uliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi.

Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo’lgan yoki umuman mavjud bo’lmagan telefon raqamini ko’rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni ko’rib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yo’naltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.

Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga o’z mobil telefon raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.

Shu paytgacha fuqarolar va tadbirkorlar o’z murojaatlari ko’rib chiqilishining joriy holatini istalgan vaqtda bazaga maxsus raqamni kiritish yo’li bilan tekshirib ko’rish imkoniyatidan foydalanib kelayotgan edi. Yangi talqindagi tizimda murojaatning qabul qilingani va nazoratdan echilgani to’g’risida tasdiqlangan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborilishi yo’lga qo’yilmoqda.

Yangiliklardan xabardor bo’lib boring

Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to’g’risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.

Bir so’z bilan aytganda, virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot, interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga, fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi darajasi oshishiga xizmat qiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 01.02.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?