У нас есть только
оригинальные песни

Prezident virtual qabulxonasida endi soxta raqamlar va murojaatlarga yo‘l qo‘yilmaydi

calendar 02.02.2018
1237

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqilib, 1-fevraldan test rejimida ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik.

Endi portalda fuqarolar murojaat yo‘llashdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan mas’uliyati to‘g‘risida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qo‘yadi. Bu murojaatchilarning ham mas’uliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi.

Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki umuman mavjud bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni ko‘rib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yo‘naltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.

Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga o‘z mobil telefon raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga tatbiq etiladi.

Shu paytgacha fuqarolar va tadbirkorlar o‘z murojaatlari ko‘rib chiqilishining joriy holatini istalgan vaqtda bazaga maxsus raqamni kiritish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish imkoniyatidan foydalanib kelayotgan edi. Yangi talqindagi tizimda murojaatning qabul qilingani va nazoratdan yechilgani to‘g‘risida tasdiqlangan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Яндекс.Метрика