У нас есть только
оригинальные песни

Prezident virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaat sababsiz tugatilishi mumkinmi?

calendar 06.01.2018
1087

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilganimizdan keyin murojaatni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs bizdan tushuntirish xati oladi. Mana shunday vaziyatda mansabdor shaxs tushuntirish xati yozib ketishni aytib, chaqirsa, biz ishda bo‘lsak yoki biror sabab bilan ushbu xatni yozolmay qolsak, tushuntirish berishni rad etdi deb, murojaatni yopib yuborishi mumkinmi?»

Mazkur savolga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonuni 30-moddasida qanday hollarda murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish mumkinligi sanab o‘tilgan.

Xususan, murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda ham murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish mumkinligi belgilangan.

Lekin bu yerda e’tibor beriladigan asosiy jihat — «murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi» jumlasida.

Ya’ni agar muallif ishtirok etmasa va hech qanaqasiga o‘sha murojaatni muallifsiz ko‘rib chiqish imkoni bo‘lmasagina, tugatilishi mumkin.

Agar shaxs ishtirok etmasa ham, murojaatda so‘ralgan vajni o‘rganib chiqish imkoniyati bo‘lsa, u holda “muallif kelmadi”, deb murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish mumkin emas.

Яндекс.Метрика